Litsenziya muddati 1 yil
Biznes muvaffaqiyati – bu jamoaviy ish. Siz biznesni rivojlantirasiz. Biz esa uni himoya qilamiz.
Oson o’rnatish. Yechim “O’rnatding va unutding” tamoyili asosida ishlaydi va maxsus IT-bilimlarni talab qilmaydi.
Parollar menejeri. Parollar va maxfiy ma’lumotlar uchun ishonchli hamda xavfsiz ombor bo’lib, ularga istalgan qurilmadan tezda kirish imkonini beradi: buning uchun faqat bitta master-parolni eslab qolish kifoya.
Foydalanuvchi xatolaridan himoya. Zararli havolaga o’tilganda yoki tovlamachi-dasturlar hujum qilganda qimmatli ma’lumotlaringizni avtomatik ravishda zaxiralash va tiklash jarayoni.
«Kasperskiy Laboratoriyasi»ning antivirus yechimlari ishonchliligi ko’plab mustaqil sinovlar bilan tasdiqlangan.
Shifrlaydigan viruslardan mutlaq himoya
Dolzarb va murakkab tahdidlardan mutlaq himoya
Murakkab tahdidlardan eng yaxshi himoya
Dolzarb tahdidlardan eng yaxshi himoya
Yolg’on xavotirlarga qarshi eng yaxshi himoya
Ko’plab kichik kompaniya egalari o’z bizneslarini firibgarlarni jalb qilish uchun juda kichik deb hisoblashadi. Aslida, kichik kompaniyalarning 43% umuman kiberxavfsizlik yechimlaridan foydalanmaydi va shu sababli tajovuzkorlar uchun oson nishonga aylanadi.
Manba: The Top Six Cybersecurity Risks Facing Your Small Business («Kichik kompaniyalar uchun oltita eng katta kiberxavf»), Forbes
Kaspersky Endpoint Security Cloud – kichik biznesni kiber tahdidlardan himoya qilish uchun asosiy yechimdir.
Xodimlaringiz foydalanadigan barcha qurilmalarni – Windows, Mac kompyuterlari va Android mobil qurilmalarini himoya qiling. Litsenziyani himoya qilinishi kerak bo’lgan qurilmalarga tarqating va tahdidlar haqida qayg’urmasdan, o’z biznesingiz bilan shug’ullaning. Litsenziyaning holati va muddatini istalgan vaqtda tekshiring. Boshqa qurilmalarni elektron pochta orqali havola yuborib, osonlikcha himoya qiling. O’g’irlangan yoki yo’qolgan mobil qurilmalarni masofadan bloklang.
Himoyalanadigan qurilmalar soni sotib olingan litsenziyalar soniga bog’liq.
Kompaniyangizning fayl serverlarida tijorat siri va mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari kabi juda muhim ma’lumotlar saqlanadi. Ularni yo’qotish uchun bitta muvaffaqiyatli hujum kifoya. Ma’lumotlaringiz maxfiyligi. Kaspersky Small Office Security fayl serverlaringizni viruslar, troyanlar, klaviatura josuslari va boshqa zararli dasturlardan himoya qiladi.
Himoyalanadigan fayl serverlari soni sotib olingan litsenziyalar soniga bog’liq. Litsenziyalarning minimal soni – 5 ta.
Parollar menejeri: Barcha parollaringiz, hujjatlaringiz va to’lov rekvizitlaringiz yagona himoyalangan omborda saqlanadi… buning uchun faqat bitta master-parolni eslab qolish kifoya.
Tezkor va xavfsiz ulanish: Korporativ ma’lumotlar va tranzaksiyalarni tezlikka zarar yetkazmasdan, xavfsiz ulanish funksiyasi yordamida himoya qiling.
Qo’shimcha servislar soni sotib olingan litsenziyalar soniga bog’liq.
Biz kichik biznesni himoya qilish uchun ishonchli yechim yaratdik – unda internetda yashirinishi mumkin bo‘lgan kutilmagan tahdidlardan himoyalanish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa mavjud.
Kaspersky Anti-Ransomware utilitasi kompaniyangizni fishing havolasi yoki zararli faylni ochish natijasida qurilmaga tushib, uni bloklaydigan shifrlaydigan-viruslardan himoya qiladi. U xavfli saytlarga tasodifiy oʻtishning oldini oladi va hodisadan soʻng maʼlumotlarni tiklash uchun tizimni orqaga qaytarish imkonini beradi.
Tasodifiy parollar generatori yordamida har bir xodim va har bir servis uchun murakkab, unikal parollar yarating. Maxfiy biznes hujjatlarni, moliyaviy ma’lumotlarni va PIN-kodlarni premium darajadagi ilg’or shifrlash bilan himoyalangan shaxsiy omboringizda ishonchli saqlang.
“Xavfsiz to’lovlar” texnologiyasi va “Parollar Menejeri” birgalikda ishlab, moliyaviy operatsiyalaringiz va byudjetingizni himoya qiladi. Ular to’lov va bank kartalari ma’lumotlarini ovlaydigan onlayn-firibgarlar hujumlarini kuzatib boradi.
Yangi tahdidlar doimo paydo bo’ladi. Kaspersky Small Office Security yechimi viruslar va boshqa zararli dasturlarga qarshi kurashish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, u ilovalaringizdagi zaifliklarni tuzatishga imkon beradi. Agar kimdir tizimingizga kirishga yoki ma’lumotlaringizga ruxsatsiz kirishga harakat qilsa, siz darhol ogohlantirish olasiz.
Bugun kichik biznesni himoya qilish har qachongidan ham osonroq.
Kichik biznes segmentidagi har bir kompaniyaga kerak bo’ladigan onlayn tahdidlardan himoya.
Kichik biznes segmentidagi har bir kompaniyaga kerak bo’ladigan onlayn tahdidlardan himoya.
Kichik biznes segmentidagi har bir kompaniyaga kerak bo’ladigan onlayn tahdidlardan himoya.
Yechimni qanday o’rnatish va biznesni zamonaviy kiber tahdidlardan himoya qilishni bilib oling.
Nima uchun dunyo bo’ylab 220 000 dan ortiq kompaniya o’z himoyasini bizga ishonishini bilib oling.
Paddy W
Kaspersky Small Office Security tizimlarimiz va qurilmalarimizning to’liq xavfsizligini ta’minlaydi. Ushbu yechim fon rejimida sezilarsiz ishlaydi va potentsial xavfli fayllarni aniqlaganida ogohlantiradi.
Mark
Kaspersky Small Office Security – uy ofisimizdagi serverni himoya qilish uchun ajoyib yechim. U uskunaning yuqori unumdorligini qo’llab-quvvatlaydi va tizimlarni viruslar va boshqa zararli dasturlardan ishonchli himoya qiladi.
Lindsey
Mening kompaniyamdagi barcha kompyuterlar “Kasperskiy Laboratoriyasi” texnologiyalari bilan himoyalangan. Bu qurilma xotirasini to’ldirmaydigan samarali yechim. U yolg’on xavotirlarsiz, potentsial (va real) tahdidlar haqida har doim o’z vaqtida xabar beradi.
Biznesingiz uchun eng mos himoya rejalarini taqqoslang va tanlang.
Asosiy bulutli himoya. 5 tadan 99 tagacha foydalanuvchi.
| Tavsifi | Mahsulotga kiritilgan |
|---|---|
Himoyani boshqarish |
|
| Markazlashtirilgan bulutli konsol | ✓ |
| IT-mutaxassis | Talab qilinadi |
Ma'lumotlar himoyasi |
|
| Zararli dasturlardan himoya | ✓ |
| Tovlamachi dasturlardan himoya | ✓ |
| Avtomatik tiklash (Rollback) | ✓ |
Bulutli xavfsizlik |
|
| Bulutli servislardan foydalanishni aniqlash (Cloud Discovery) | — |
| Microsoft Office 365'dagi ma'lumotlarni himoya qilish | — |
Vazifalarni optimallashtirish |
|
| Dasturlar va veb-resurslarni nazorat qilish | ✓ |
| Qurilmalarni nazorat qilish | ✓ |
| Yangilanishlarni boshqarish (Patch Management) | — |
Qo'shimcha funksiyalar |
|
| Parollar menejeri | — |
| Ma'lumotlarni shifrlash | — |
Himoya yechimini tanlashga ikkilanyapsizmi?
Bog’lanish uchun ma’lumotlaringizni qoldiring va mahsulotlarimiz haqida ko’proq bilib oling.
Kaspersky Endpoint Security Cloud haqida mijozlarning keng tarqalgan savollariga javoblar
Kaspersky Endpoint Security Cloud – bu sizning barcha qurilmalaringiz uchun majmuaviy himoya. Yechim Windows, iOS, macOS va Android kabi asosiy operatsion tizimlarga mos keladi va tizimingizga bir zumda moslashadigan ilg’or xavfsizlik vositalari va texnologiyalari tufayli kecha-yu kunduz himoyani ta’minlaydi.
Yechim nomidagi Cloud («bulut») so’zi o’rnatish usulidan ko’ra ko’proq xizmat ko’rsatish va xavfsizlikni boshqarish usuli bilan bog’liq. Har bir himoyalanadigan qurilmaga dastur o’rnatilishi kerak bo’lsa-da, himoyani boshqarish bulut orqali amalga oshiriladi.
Sizga tahdidlarni aniqlashning ilg’or texnologiyalari, qulay boshqaruv vositalari, onlayn-tranzaksiyalarni himoya qilish va ma’lumotlar sizib chiqishining oldini olish vositalari mavjud. Toʻliq roʻyxatni yechimning texnik tavsifida koʻring.
Biz foydalanuvchilarning maxfiyligiga juda jiddiy yondashamiz. Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan texnik yordam darajasini, mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz sifatini oshirish uchun foydalanamiz.
Kaspersky Endpoint Security Cloud’ni o’rnatish ko’p vaqt talab qilmaydi. Boshqaruv bulutli konsol orqali amalga oshiriladi va dastlabki sozlash ustasi hamma narsani tezda sozlashga yordam beradi.